“Qishloq xo`jaligiga mo`ljallangan er uchastkalarini ijaraga berish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi
Farmonga ko`ra, qishloq xo`jaligiga mo`ljallangan erlarni ijaraga berish bo`yicha ochiq elektron tanlov natijalarini Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarori bilan tasdiqlash tartibi bekor qilindi.
Ilgari ijara shartnomasi tuzilmasdan avval hokim qarori qabul qilinishi kerak edi.
Shuningdek, dehqon xo`jaligi yuritish uchun er uchastkalarini ochiq elektron tanlov orqali ijaraga berishda 2022 yil 1 martdan keyin xorijdan qaytib kelgan mehnat migrantlariga alohida ustuvorlik berilishi belgilandi.






