Hindistonning shimoli-janubida qulagan Mig-27 qiruvchi samolyoti odamlar yashaydigan ikki uyning ustiga quladi, deb xabar berdi “Vesti.ru” nashri.
Nashrning xabariga ko`ra, samolyot sinov parvozini amalga oshirish uchun samoga ko`tarilgan va “Jodxpur” harbiy havo kuchlari bazasidan besh kilometr uzoqlikka qulagan. Hindiston harbiy havo kuchlari qo`mondonligi voqea tafsilotlariga aniqlik kiritish maqsadida voqea joyida ish olib bormoqda.
Voqea bugun, mahalliy vaqt bilan soat 11:30 da ro`y bergan. Samolyot qulashi natijasida ikkita uy vayron bo`lgan, bundan tashqari 10 avtomashina pachoqlangan. Mahalliy aholidan uch kishi tan jarohati olib, kasalxonaga yotqizilgan.
Samolyotda bo`lgan ikki uchuvchi tan jarohati olmagan, ular halokat oldidan parashyutdan sakrashgan.