25 martda o`tkazilgan ochiq birja savdo natijalariga ko`ra shakarning barcha kategoriyasi bo`yicha shakllangan o`rtacha kunlik narxi avvalgi savdo kuniga nisbatan mahsulotning bir tonnasi uchun 8 735,8 ming so`mdan 8 564,3 ming so`mgacha pasaygan. Bu haqda Respublika tovar xom ashyo birjasi xabar bermoqda.
️Birjada shakarni xarid qilish bo`yicha nisbatan etakchilik qilgan hududlar:
- ️Toshkent shahri va Toshkent viloyati (33%),
- Samarqand viloyati (15%),
- Qashqadaryo viloyati (12%),
- Farg`ona viloyati (8%),
- Andijon viloyati (7%).






