Qozog`iston musulmonlari idorasi 2022 yildagi Ramazon oyi 2 apreldan boshlanib, 2 mayga qadar davom etishini e`lon qildi.
Bu haqda, bugun, 25 mart kuni Nursulton shahrida mamlakat bosh muftiysi Navro`zbay Tag`anuli raisligida o`tkazilgan Qozog`iston musulmonlari idorasi prezidium yig`ilishida ma`lum qilingan.
Qozog`iston muftiysining o`rinbosari, shariat va fatvo bo`limi boshlig`i Sansizbay Qurbon o`g`lining ma`lum qilishicha, Ramazon oyining boshlanishiga doir qaror O`zbekiston va Qirg`iziston muftiyatlari bilan kelishuv asosida qabul qilingan.
Shuningdek, qo`shni Qozog`iston muftiyati Ramazon hayiti 2 may sanasida nishonlanishini ma`lum qilgan.






