1

Beshqayrag`ochda yuz bergan avtobus ishtirokidagi YTH sabablari ma`lum qilindi

Jamiyat 14.06.2016, 11:02
Teglar: Avto, YTH, Avtobus
Beshqayrag`ochda yuz bergan avtobus ishtirokidagi YTH sabablari ma`lum qilindi

9 iyun kuni Toshkent shahridagi Beshqayrag`och mavzesida 53-sonli avtobus ishtirokida yo`l-transport hodisasi sodir bo`lgani haqida xabar bergan edik.  

“Novosti Uzbekistana” nashrining ma`lum qilishicha, YTH avtobus haydovchisining o`zini yomon his etishi oqibatida yuz bergan. 

9 iyun kuni, soat 9:00 da №53 sonli yo`nalish bo`yicha yo`lga chiqqan Mersedes rusumli avtobus Beshqayrag`och mavzesida elektr ustunga borib urilgan. Oqibatda ustun avtobus salonining yarmigacha kirib ketgan. Bir necha yo`lovchi tan jarohati olgan. O`sha kuni YTH suratlari ijtimoiy tarmoqda ancha shov-shuvlarga sabab bo`ldi, ammo YTHning aniq sababi haqida axborot berilmagan edi.

Dushanba kuni “Novosti Uzbekistana” nashri muxbiriga №18 avtobus parki direktor o`rinbosari Javohir Ahmedov YTHning rasmiy ekspertiza xulosalarini hali olmaganligini bildirgan. Kunning haddan ziyod qizib ketganligi oqibatida haydovchi o`zini yomon his qilib, boshqaruvni nazorat qila olmagan. Uning ma`lumot berishicha, haydovchi tezlikni oshirmagan, YTH paytida tezligi soatiga 51 kilometr bo`lgan, avtobus salonida 15 nafar yo`lovchi bo`lib, ulardan 4 kishi tan jarohati olgan, qurbonlar bo`lmagan.

Javohir Axmedov haydovchining taqdiri rasmiy ekspertiza xulosalari olingandan keyin hal bo`lishini ta`kidladi, hozircha u vaqtincha ishdan chetlatilgan. Agar ekspertiza xulosalari uning aybdorligini tasdiqlaydigan bo`lsa, haydovchi ishdan bo`shatiladi. Shu bilan birga, J.Axmedov avtobus ta`mirlanayotganligini, yaqin kunlarda qayta tiklanib, yo`nalishga chiqishini ham aytib o`tdi.

Sharhlar

Surxondaryoda "Gentra" jarlikka tushib ketishi oqibatida ikki kishi halok bo`ldi (video)

12.05.2023, 09:55

Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida "Gentra" jarlikka tushib ketishi oqibatida ikki kishi halok bo`ldi. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.Ma`lum qilinishicha, hodisa joriy...
Qoraqalpog`istonda "Nexia-3" va yuk mashinasi ishtirokida dahshatli YTH sodir bo`ldi, 5 odam halok bo`lgan (video)

06.02.2023, 13:36

Qoraqalpog`iston Respublikasi Qo`ng`irot tumanida Nexia-3 va yuk mashinasi ishtirokida oxiri o`lim bilan yakunlangan YTH sodir bo`ldi. Bu haqda Qoraqalpog`iston IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.Ma`lum qilinishicha,...
Qozog`istonda 33 nafar o`zbekistonlik yo`lovchi bo`lgan avtobus to`xtab qoldi

03.02.2023, 10:42

Joriy yil 1 fevral kuni soat 07:57 da Qozog`istonning Jualin tumani Nurlikent qishlog`i yaqinida avtobus Olmaota-Toshkent avtomobil yo`lining 570-kilometrida to`xtab qolgan. Qayd etilishicha, transport dvigatelida...
Samarqandda 64 yoshli ayol avtobus urib ketishi natijasida voqea joyida vafot etdi (video)

30.01.2023, 12:13

Samarqandda inson o`limi bilan bog`liq ayanchli YTH sodir bo`ldi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar qilmoqda. Ma`lum qilinishicha, 24 yanvar kuni soat 07:30 atrofida Samarqand...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1