Filippinda koronavirusga qarshi to`liq emlangan yo`lovchilar 1 apreldan boshlab mamlakatga maxsus ruxsatnomasiz ham kirishi mumkin. Bu haqda Manila Times xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Filippin prezidenti ma`muriyati rasmiy vakili o`rinbosari Kris Ablan bu bo`yicha tushuntirish bergan. U yangi qoidalar xorijliklar tomonidan faqat koronavirusga qarshi emlanganlik sertifikatini taqdim etishni nazarda tutishini ma`lum qilgan.
12 yoshgacha bo`lgan bolalar uchun sertifikat talab qilinmaydi, lekin ular COVID-19’ga qarshi to`liq emlangan ota-onalari bilan sayohat qilishi kerak.






