Daraxtlarning mevali shoxlarini tezroq rivojlantirish
Tik va tez o`suvchi gilos va nok daraxtlari, shoxlari keng yoyilib o`suvchi shaftoli va o`rik daraxtlariga nisbatan meva berishni kech boshlaydi. Ammo bunday daraxtlarning tik o`suvchi novdalarini qotib ketishidan oldin yon tomonga yoyish orqali meva olishni ertaroq boshlashga undash mumkin. Kallaklab kesishni, ayniqsa qish mavsumida kam amalga oshirish lozim, chunki daraxtlarning shoxlari kallaklanganda yoki tepa qismi ko`p kesib tashlanganda, juda ko`plab yangi novdalar o`sishiga sabab bo`ladi va mevali kurtaklar kam rivojlanadi. Tik o`sayotgan shoxlarni yoyish orqali mevali shoxchalar va meva kurtaklarining rivojlanishiga sharoit yaratiladi. Bundan tashqari, yosh bog`larda o`suv davrida (may oxiri va iyunda) yog`ochlanmagan novdalarni uchinchi barg ustidan chilpib tashlash shox-shabbaning shakllanishini osonlashtiradi va daraxtning barvaqt hosilga kirishini ta`minlaydi.
Ob-havo
Ko`plab mevali daraxtlar tinim davrlarini yakunlashlari va bahorda novda chiqarishlari uchun ma`lum darajada sovuq harorat yig`indisini talab etadi. Agar qish iliq kelsa, mevali daraxtlar kech novda chiqaradi va gullaydi, gullash muddati uzayadi va hosil kamayadi. Gullash muddatining uzayishi va noqulay ob-havo meva gullari bilan bog`liq kasalliklarni keltirib chiqaradi.
Meva daraxtlari tinim davridan chiqishlari uchun zarur bo`lgan sovuq harorat yig`indisi turli mevalarda har xil bo`ladi. Mevachilik rivojlangan davlatlarda yangi nihol sotilayotganda, odatda sovuq harorat yig`indisiga bo`lgan talabi yorliqda ko`rsatiladi. Ba`zan, gullash vaqtida yoki gullashdan keyin harorat 0 darajadan tushib ketishi natijasida meva gullariga qattiq zarar etadi. Shu sababli, bunday vaqtlarda daraxtlarni plyonka bilan o`rab, gullarga etkazilishi mumkin bo`ladigan zararning oldi olinishi mumkin.
Changlanish
Aksariyat meva daraxtlari chetdan changlatilishi lozim. Changlatilmasa, daraxtlarda juda ko`p gul hosil bo`lishi mumkin, lekin meva bo`lmaydi. Changlantiruvchi bu changlanayotgan daraxt bilan bir vaqtda gullaydigan boshqa navli shox yoki daraxt hisoblanadi. Changlantiruvchi daraxt gulchangini odatda asalarilar ikkinchi navdagi daraxt guliga olib o`tadi.
Ko`plab meva daraxtlari “mukammal” gulga ega bo`ladilar: bitta gulda gulchangchi qaysiki “chang”ga ega va urug`kurtak (qaysiki mevaga aylanadi) joylashadi. O`zini o`zi changlatib, tashqaridan changlantiruvchi talab etmaydigan, meva hosil qiluvchi daraxtlar “gulchangi bilan changlanuvchi” deyiladi. Shunga qaramasdan mukammal gulga ega bo`lgan ko`plab mevali daraxtlar o`zlarining gulchangidan meva hosil qila olmaydilar. Bular boshqa navdagi daraxtdan gulchang talab etadi va ular “gulchangi bilan changlanmaydigan” deyiladi.
Ayrim turdagi mevalar har ikki guruhga ham mansub emas. Xandon pista va kivi daraxtlarida gulchang etishtiruvchi “erkak” daraxtlar va meva qiluvchi “urg`ochi” daraxtlar mavjud. Bu mevali daraxtlarni etishtirish uchun har ikki jinsdagi daraxtlarni yonma yon o`stirish zarur.
Gulchangi bilan changlanuvchi meva turlari. Sitrus meva daraxtlarining deyarli barchasi gulchangi bilan changlanuvchi. Behi, olcha o`rik (ayrim turlari tashqaridan gulchang talab etadi), anjir, shaftoli (ayrim turlaridan tashqari), olxo`rining va nokning ayrim Evropa navlari gulchangi bilan changlanuvchi hisoblanadi. Gilosning ayrim navlari va olmaning ko`plab navlari gulchangi bilan changlanuvchidir.
Gulchangi bilan changlanmaydigan meva turlari. Olmaning ko`plab navlari, nokning Osiyo navlari, gilos va olxo`rining Yaponiya navlari chetdan changlantiruvchi talab etadi.
Daraxtlar etarlicha changlanishi uchun ikki xil navli daraxtlarni bir biridan 10-15 metr uzoqlikda eking. Qancha yaqin bo`lsa shuncha yaxshi. Changlantiruvchi navni asosiy nav daraxtlariga ham ulash mumkin. Bunday bog`larda asalarilarni ishlatish changlanishni yaxshilaydi.
Gilosning ayrim navlari maxsus changlanishni talab etadi. Gilosning ko`p navlari bir birini changlata olmaydi. Faqatgina ma`lum bir gilos navlari boshqa gilos navlarini changlata oladi. Shu sababli changlantiruvchi navni tanlayotganda ehtiyotkorlik talab etiladi.
Solkashlik (yil oralab hosilning kam bo`lishi)
Olma va ayrim mevali daraxtlar bir yil juda ko`p hosil qiladi va keyingi yili esa kam hosil qiladi. Bu “solkashlik” deyiladi. Aksar meva daraxtlarining gul kurtaklari oldingi yili yozda shakllanadi. Shu sababli, meva ko`p bo`ladigan yili daraxtda fotosintez natijasida hosil bo`ladigan shakar asosan meva uchun sarflanishi natijasida kelgusi yil hosil kurtaklari yaxshi rivojlanmaydi.
Ko`p hosil olgan yili olma daraxtlarida toqalash (ko`p zich joylashgan mevalarni siyraklatish) orqali daraxtlarni har yili bir xilda hosil berishiga qaytarish mumkin.
Manba: Agro-Olam






