AsosiyJamiyat

“Ayol qalbi” filmining maxsus namoyishi o`tkazildi

'“Ayol qalbi” filmining maxsus namoyishi o`tkazildi'ning rasmi

Bugun Kinochilar uyida sog`liqni saqlash tizimi vakillari uchun “Ayol qalbi” badiiy filmining maxsus namoyishi tashkil etildi (https://telegra.ph/namojish-03-26-2). Namoyish avvalida Sog`liqni saqlash vazirining o`rinbosari Elmira Bositxonova va Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazidan Barno O`ngboevalar so`zga chiqib, film ijodkorlarini yangi kinoasar bilan tabriklashdi.  Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati ma`lum qildi. 

Yaqinda Davlat rahbarining shifokorlar bilan uchrashuvida ushbu serzahmat kasb sohiblari haqida  filmlar yaratish va ularni xalqimizga namoyish etish masalasiga alohida e`tibor qaratilgan edi. So`ngi yillarda Kinematografiya agentligi buyurtmasi bilan shifokorlar hayoti va faoliyati aks etgan 10 dan ortiq badiiy va hujjatli film yaratildi. "Ayol qalbi" ham ushbu soha vakillari haqida bo`lib, unda kasbiga sodiq shifokor ayol taqdiri xaqida hikoya qiladi. Film Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan rejissyor Jamilaxon Po`latova tomonidan suratga olingan. Ssenariy mualliflari Jamilaxon Po`latova va Zulfiya Yo`ldosheva, operatorlar Dilmurod Turdiboev, Diyor Ismatov, postanovkachi rassom Erkin Xushmatov, kompozitorlar Shuhrat Zokirov, Sardor Ergashev, kartina direktori Muzaffar Sa`dullaev.

Bosh qahramonni O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Ra`no Shodieva gavdalantirgan. Shuningdek, filmda Gulchehra Jamilova, Zuhra Ashurova, Ra`no Yarasheva, Dildora Umarova, Ulug`bek Yunusov, Ulug`bek Rustamov kabi mahoratli aktyorlar rol ijro etgan.

Tibbiyot xodimlari “Ayol qalbi” badiiy filmini iliq kutib olishdi. Film ular uchun agentlik tomonidan munosib tuhfa bo`ldi.

    Boshqa yangiliklar