AsosiyDunyo

BMT Ukrainadagi gumanitar vaziyatdan havotirga tushmoqda

'BMT Ukrainadagi gumanitar vaziyatdan havotirga tushmoqda'ning rasmi

Ukrainada boshlangan urush oqibatida 3,7 million ukrainaliklar mamlakatni tark etgan, biroq 13 millionga yaqini urush zonalarida qolib ketgan va otishma ostida qolish xavfi bor. Bu haqda BMTning Qochqinlar bo`yicha boshqarmasi vakili Karolina Lindxolm Billin ma`lum qildi

“O`tgan bir oy bizni sakkiz yil avvalgidan ko`ra uzoqroq o`tmishga tashladi. Biz har soniyada kuchayib borayotgan yirik gumanitar inqirozga duch kelmoqdamiz”, deydi Billing.

Jahon oziq-ovqat dasturi urush boshlanganidan bir oy o`tib, ukrainaliklarning 45 foizi oziq-ovqat etishmasligidan xavotirda ekanini ma`lum qildi. Oziq-ovqat etishmovchiligi bugungi Ukrainada xavfsizlik va yonilg`i taqchilligi bilan birga eng dolzarb uchta muammodan biri bo`lib turibdi. 

    Boshqa yangiliklar