AsosiySport

Velosport. O`zbekiston xalqaro musobaqada umumjamoa hisobida 1-o`rinni egalladi

'Velosport. O`zbekiston xalqaro musobaqada umumjamoa hisobida 1-o`rinni egalladi'ning rasmi

Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida para velosport bo`yicha Osiyo chempionati bo`lib o`tmoqda. Quvonarlisi, ushbu musobaqada ishtirok etgan O`zbekiston terma jamoasining barcha 10 nafar a`zosi yakunda g`olib va sovrindorlar safidan joy olishdi. Natijada mamlakatimiz sport delegasiyasi umumjamoa hisobida 1-o`rinni qo`lga kiritdi. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati ma`lum qildi.

Quyida Osiyo chempionatida g`olib va sovrindor bo`lgan sportchilarimiz bilan tanishing:

Oltin medal:

Azizaxon Qosimova (C4),

Avazxon Palvonov (C3),

G`olibbek Mirzayorov (C2),

Aziz Ataxodjaev (T1),

Baxodir Odinaev (T2),

Odina Hamdamova (T2),

Kumush medal:

Abror Artiqov (C2),

Azimbek Abdullaev (C5),

Saidjabbor Dadaxonov (T1),

Bronza medal:

Bunyod Hayitmahammadov (C2).

    Boshqa yangiliklar