AsosiyDunyo

Yamandagi nizolar sabab 4 milliondan ortiq odam o`z uylarini tark etgan – BMT

'Yamandagi nizolar sabab 4 milliondan ortiq odam o`z uylarini tark etgan – BMT'ning rasmi

Yamandagi 190 000 dan ortiq noqonuniy muhojirlar shoshilinch yordamga muhtoj. Bu haqda Xalqaro migrasiya tashkiloti xabar berdi. 

Hisobotda aytilishicha, 7 yillik to`qnashuvlardan so`ng Yamanda hayot og`irlashdi, 4 milliondan ortiq odam o`z uyini tashlab ketdi. Tashkilot muhojirlarga yordam ko`rsatish uchun yordam so`ragan.

2021 yil dekabr oyida tashkilot Yamanda 130 mingdan ortiq muhojir yordamga muhtojligi haqida xabar bergan edi.

2014 yildan beri Yamanda qurolli to`qnashuvlar davom etmoqda.

BMT hisobotlariga ko`ra, urush boshlanganidan 2021 yil oxirigacha Yamandagi urush bevosita yoki bilvosita 377 ming kishining hayotiga zomin bo`lgan.

Dunyoning eng qashshoq davlatlaridan biri Yamandagi gumanitar inqiroz qo`rqinchli miqyosga etdi.

    Boshqa yangiliklar