AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekiston bo`ylab yog`ingarchilik kutilmaydi

'Bugun O`zbekiston bo`ylab yog`ingarchilik kutilmaydi'ning rasmi

"O`zgidromet" markazi xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi.Faqat Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlarida ertalab ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`adi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Tog`li hududlarda qor ko`chishi xavfi bor. Tog` oldi va tog`li hududlarda sel kelishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo 11-16° iliqgacha isiydi.

Poytaxtimizda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 11-13° iliq bo`ladi.

Tog` oldi va tog`li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi, ba`zi joylarda kuchli bo`ladi. Qor ko`chishi xavfi bor. Ba`zi joylarga tuman tushadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-5° iliq bo`ladi.

 Ammo ba`zi hududlarda qor ko`chishi, sel kelishi xavfi bor. 

    Boshqa yangiliklar