AsosiyDunyo

Xitoyda halokatga uchragan samolyotining barcha 123 yo`lovchisi va to`qqiz nafar ekipaj a`zosi halok bo`lgan deb e`lon qilindi

'Xitoyda halokatga uchragan samolyotining barcha 123 yo`lovchisi va to`qqiz nafar ekipaj a`zosi halok bo`lgan deb e`lon qilindi'ning rasmi

Xitoyda halokatga uchragan Boeing 737 samolyotining barcha 123 yo`lovchisi va to`qqiz nafar ekipaj a`zosi halok bo`lgan deb e`lon qilindi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.

“ China Eastern Airlines aviakompaniyasining MU5735 reysidagi barcha 123 yo`lovchi va to`qqiz ekipaj a`zosi halok bo`ldi”, - dedi Xitoy markaziy televideniesi.

Mutaxassislar allaqachon halokatga uchragan samolyot bortida bo`lgan 120 kishini DNK orqali aniqlashga muvaffaq bo`lishgan.

21-mart kuni China Eastern aviakompaniyasining Boeing 737 yo`lovchi samolyoti Guansi-Chjuan avtonom rayoni Vuzjou shahri Teng tumanidagi tog`li hududga qulab tushdi.

Layner Kunmindan Guanchjouga ketayotgan edi.

Voqea joyida 600 dan ortiq qutqaruvchilar ishlamoqda. Halokatdan keyin tog`larda chiqqan yong`in o`chirildi.

    Boshqa yangiliklar