AsosiyJamiyat

O`zbekiston bo`yicha Mamlakat platformasi yig`ilishi bo`ldi

'O`zbekiston bo`yicha Mamlakat platformasi yig`ilishi bo`ldi'ning rasmi

Toshkent xalqaro investisiya forumi ikkinchi kunida O`zbekiston bo`yicha Mamlakat platformasi yig`ilishi bo`ldi. Bu haqda Investisiyalar va savdo vazirligi xabar berdi.

Tadbirda O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov, O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari S.Umurzakov, shuningdek, xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat moliya tashkilotlari rahbarlari va rivojlanish bo`yicha hamkorlar ishtirok etdi.

O`zbekiston rivojlanish bo`yicha hamkorlar va donorlar, shuningdek, qo`shma loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etuvchi vazirliklar, idoralar va ijrochi agentliklar faoliyatini muvofiqlashtirish bo`yicha Mamlakat platformasi usulini sinovdan o`tkazgan ilk davlatlardan biri bo`ldi.

Yig`ilish davomida hozirgi paytda O`zbekistonda umumiy hajmi 14,5 mlrd dollarga teng hamda 20dan ortiq yo`nalish va tarmoqlarni qamrab olgan 305ta shunday loyiha amalga oshirilayotgani ta`kidlandi. Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni ilgari surish, energetika, transport, aviasiya, infrastrukturaviy taraqqiyot, sog`liqni saqlash, ta`lim va tadbirkorlikni  qo`llab-quvvatlash sohalarida ham salmoqli yutuqlar qo`lga kiritilgan.

Mamlakat platformasining tizimlashtirish hamda istiqbolli loyiha va dasturlarni amalga oshirish uchun moliyaviy hamda texnik ko`makni jalb qilishda samaradorlikni oshirish vositasi sifatidagi roli e`tirof etildi. O`zbekiston tomonidan bunday muvofiqlashtirishning institusional asosini kuchaytirish maqsadida Prezidentning maxsus qaroriga muvofiq Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi huzurida  Xalqaro hamkorlik va taraqqiyot agentligi tashkil etilgan bo`lib, u rivojlanish bo`yicha hamkorlar bilan samarali hamkorlikni ta`minlashda muhim o`rin tutadi.

Mamlakat platformasining samaradorligi, ayniqsa, pandemiya davrida yaqqol isbotini topdi: donorlar bilan faol hamkorlik qisqa fursatlarda pandemiyaga qarshi moliyaviy hamda texnik ko`makning salmoqli ulushini mobillashtirishga imkon yaratdi – ushbu maqsadlarga 2 milliard dollardan ortiq kredit va grantlar ajratildi.

O`zbekiston Respublikasi hukumati ishlab chiqilgan muvofiqlashtiruvchi kompleks tadbirlar dasturini rivojlantirish va amalga oshirish bo`yicha hamkorlar bilan birgalikdagi faoliyatning barcha yo`nalishlarida Mamlakat platformasi mexanizmlarini joriy qilishda davom etishi qayd etildi.

Yig`ilish doirasida ishtirokchilar Mamlakat platformasining roli va ahamiyatiga oid fikrlarini o`rtoqlashdi, shuningdek, ko`p tomonlama hamkorlikni kelgusida chuqurlashtirish istiqbollari muhokama qilindi.  

Osiyo taraqqiyot banki prezidenti Masatsugu Asakava davom etayotgan forum muhim voqea ekanligini, chunki bunday platforma orqali Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish yo`lidagi sa`y-harakatlarni maksimal darajada oshirish mumkinligini ta`kidladi. U 2020 yildagi G20 sammiti davomida bu kabi platformalar birinchi navbatda ishtirokchi davlatlarning ustuvor maqsadlariga yo`naltirilgani va ularni rivojlantirishning asosiy yo`nalishlariga moslashtirilgani aytilgan edi.

 “Biz hamkorlikni, jumladan, xususiy sektorda ham sinergiya va tajriba almashish orqali mustahkamlashimiz kerak. Biz barcha mamlakat platformalarini taraqqiyotni kuzatishga chorlaymiz. OTB O`zbekistonning uzoq muddatli hamkori ekanligini va bizning hamkorligimiz mamlakat taraqqiyotiga qaratilganini alohida ta`kidlamoqchiman”, — dedi OTB prezidenti o`z nutqida.

Xalqaro moliya korporasiyasining mintaqaviy vise-prezidenti Xela Shayxruhu ushbu xalqaro investisiya forumini 2019 yilda o`tkazish rejalashtirilganini, biroq koronavirus pandemiyasi rejalarga tuzatishlar kiritganini ta`kidladi.

Mamlakat platformasi doirasida Xalqaro moliya korporasiyasi (XMK) vakili ushbu xalqaro tashkilot bilan hamkorlikda ishlab chiqilayotgan loyihalardan birini qayd etdi.

Osiyo infratuzilmaviy investisiya banki (OIIB) vise-prezidenti Konstantin Limitovskiy O`zbekistonga keyingi bir oy davomida ikkinchi bor tashrif buyurayotgani va sezilarli yutuqlarni payqaganini qayd etdi. O`zbekiston yangi Taraqqiyot strategiyasini ishlab chiqdi, dedi u, mamlakat o`rta va uzoq muddatli rejalarni belgilamoqda, unda bank vakillari ham ishtirok etishni rejalashtirmoqda.

“Mamlakatda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, aholi farovonligini oshirish borasida ko`p ishlar qilindi”, – dedi Konstantin Limitovskiy. - O`zbekistonning ulkan maqsadlari OTBning yashil energiya, infratuzilmani rivojlantirish va boshqa sohalardagi loyihalar bo`yicha maqsadlari bilan mos kelishidan mamnunmiz. Bankimiz yordami O`zbekiston tomonidan qo`yilgan maqsadlarni amalga oshirishga ijobiy ta`sir ko`rsatishini istaymiz”.

Uchrashuv yakunlari bo`yicha umumiy qiymati 617 million dollarlik qo`shma loyihalarni amalga oshirish bo`yicha 6 ta, 160 million dollarlik 2 ta mandat xati, konsalting xizmatlarini ko`rsatish bo`yicha 2ta shartnoma imzolandi. Xususan, OIIB va “O`zbekiston temir yo`llari” AJ o`rtasida “Buxoro-Misken-Urganch-Xiva” temir yo`lini elektrlashtirish loyihasini amalga oshirish bo`yicha 108 million dollarlik shartnoma imzolandi. OTB Avtomobil yo`llari qo`mitasi bilan O`zbekistonda avtomobil yo`llarini rivojlantirish loyihasini amalga oshirish bo`yicha 274 million dollarlik shartnoma imzoladi. Ekologiya davlat qo`mitasi ETTB bilan Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida qattiq maishiy chiqindilar poligonlarini qurish va meliorativ holatini yaxshilash bo`yicha loyihalarni amalga oshirish bo`yicha 50 million dollarlik 2 ta shartnoma imzoladi. 

Shuningdek, Nukus shahri uchun elektrobuslar xarid qilishni moliyalashtirish, Andijon va Navoiy viloyatlarida suv ta`minoti va kanalizasiya tizimlarini qurish va modernizasiya qilish loyihalarini amalga oshirish, shamol va elektr energiyasini ta`minlash bo`yicha konsalting xizmatlarini ko`rsatish bo`yicha kelishuvlar imzolandi. Quyosh elektr stansiyalari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirish uchun kredit liniyasi ajratish, shuningdek, Fransiya taraqqiyot agentligining O`zbekiston chorvachilik tarmog`iga inklyuziv va iqlimiy investisiyalar bo`yicha grant dasturida ishtirok etish bo`yicha shartnomalar imzolandi.

    Boshqa yangiliklar