Xavfsizlik Kengashi rahbari o`rinbosarining fikricha, yadro qurolidan foydalanishga Rossiyaga yadro zarbasi yoki tajovuzkorlik harakati asos bo`lishi mumkin, buning natijasida mamlakat mavjudligi xavf ostida qoladi.
Hech kim “urush bo`lishini” istamaydi, biroq yadroviy mojaro xavfi doimo mavjud, - degan Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o`rinbosari Dmitriy Medvedev “RIA Novosti”ga bergan intervyusida.
"Hech kim hech qanday urushni xohlamaydi, ayniqsa yadro urushi umuman insoniyat sivilizasiyasi mavjudligiga tahdiddir", dedi Xavfsizlik Kengashi raisi o`rinbosari. Shu bilan birga, u "tahdid har doim mavjud" deb hisoblaydi.
U Rossiyaning yadro qurolidan foydalanish huquqiga oid prezident farmoni bilan tasdiqlangan tegishli hujjatda ko`rsatilgan barcha asoslarni sanab o`tdi. Birinchisi, Rossiyaga qarshi raketa hujumi amalga oshirilsa.
Ikkinchi asos - bu mamlakat yoki uning ittifoqchilariga qarshi har qanday yadroviy quroldan foydalanilsa.
Uchinchisi - muhim infratuzilmaga hujum qilinsa, buning natijasida Rossiyaning yadroviy quroli nosozlikka uchrasa.
To`rtinchi sabab, tahdid ostida bo`lgan Rossiya yoki uning ittifoqchilariga qarshi tajovuzkorlik harakati bo`lganda bo`lishi mumkin.
Medvedevning izoh berishicha Rossiyaga qarshi hech qanday yadro quroli qo`llanilmagan taqdirda ham javob taklif qilinadi. Shuningdek, u Rossiya rasmiylari muzokaralar va diplomatiyadan kelib chiqishib, yo`l tutishini aytgan.
"NATOga a`zo davlatlarining yadro qurollari nishonlari mamlakatimiz hududidagi ob`ektlariga, jangovar kallaklarimiz esa Evropa va AQSh joylashgan nishonlarga qaratilgan. Shuning uchun hamisha bu haqda o`ylab, mas`uliyatli siyosat olib borish kerak", — degan Medvedov.






