AQSh rahbari Jo Bayden Evropaga safarini yakunlar ekan, Ukrainaga bostirib kirgan Vladimir Putin “hokimiyatda qola olmaydi”, deb ta`kidladi, deya xabar bermoqda "Amerika ovozi".
Polsha poytaxti Varshavada qilgan nutqida Bayden dunyoning demokratik jamiyatlarini Rossiyaga qarshi birlashishga, agressiyaga qarshi tarixiy kurashga chorladi.
“Vaziyatga real ko`z bilan qarab, davomiy kurashga hozirlanishimiz lozim”, - deydi AQSh prezidenti.
Baydenga ko`ra, Rossiya rahbari “mutlaq hokimiyat va nazorat o`rnatishga bo`lgan ishtiyoqini qondirish uchun” harbiy kuch va dezinformasiyani qo`llamoqda. Rossiyaga xalqaro sanksiyalar yog`ilgani, iqtisodiyoti barbod bo`layotganiga Putinning o`zi aybdor, deydi u.






