AsosiyJamiyat

Tadbirkordan 14.500 AQSh dollari miqdorida pora olgan Sirdaryo viloyati soliq boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari qo`lga olindi

'Tadbirkordan 14.500 AQSh dollari miqdorida pora olgan Sirdaryo viloyati soliq boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari qo`lga olindi'ning rasmi

Sirdaryo viloyati Davlat soliq boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari mahalliy mas`uliyati cheklangan jamiyat vakilidan muqaddam pora sifatida olgan 14.500 AQSh dollaridan 5 ming AQSh dollarini qaytarib berayotgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan qo`lga olindi.

Aniqlanishicha, 2021 yilda prokuratura organlari tomonidan mazkur mas`uliyati cheklangan jamiyat mansabdor shaxslariga nisbatan qo`zg`atilgan jinoyat ishi doirasida MChJning moliyaviy-xo`jalik faoliyati bo`yicha soliq idoralari hujjatli taftish o`tkazgan.

O`sha davrda viloyat Davlat soliq boshqarmasida bosh inspektor bo`lib ishlagan mazkur mansabdor shaxs aniqlangan 900 mln. so`mga yaqin moliyaviy xato va kamchiliklar bo`yicha belgilanishi lozim bo`lgan 300 mln. so`mlik jarima miqdorini 72 mln. so`mga kamaytirib berish evaziga 14.500 AQSh dollari miqdorida pora olgan.

Hozirda unga nisbatan DXX Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo`llanilgan.

Farg`ona viloyatidagi tumanlardan birining Mudofaa ishlari bo`limi boshlig`i esa 1998 yilda tug`ilgan fuqaroni viloyatdagi harbiy qismlardan birining orkestriga tanishlari orqali ishga kiritib qo`yish evaziga 2 ming AQSh dollari olgan vaqtida DXX va IJQK Departamentining hududiy boshqarmalari xodimlari tomonidan ushlandi.

Hozirda mazkur mansabdor shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

    Boshqa yangiliklar