Joriy yilning 18 mart kuni olingan tezkor xabar asosida DXX Sirdaryo viloyati boshqarmasi, viloyat IIB JQB va viloyat Bojxona boshqarmasi tezkor xodimlari tomonidan hamkorlikda Sayxunobod tumani hududida o`tkazilgan tezkor tadbir jarayonida davlat raqam belgisi echib qo`yilgan Lasetti rusumli avtomashina YPX xodimlari yordamida to`xtatilish choralari ko`rilgan vaqtida, ushbu avtomashina haydovchisi YPX xodimining qonuniy buyrug`iga bo`ysunmay, yo`l chetida to`xtab turgan YPX xodimlariga biriktirilgan Lasetti rusumli 20 716 VSF davlat belgili xizmat avtomashinasiga shikast etkazgan holda YPX maskani yonida joylashgan pastlikka tushib to`xtagan va avtomashinada bo`lgan shaxslar huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan ushlangan.
Avtomashina xolislar ishtirokida ko`zdan kechirilganda, ko`p miqdordagi tarkibida kuchli ta`sir qiluvchi hamda giyohvandlik moddasi bo`lgan dori vositalari borligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida olingan.
Hozirda holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.






