26 mart, shanba kuni kechqurun Lvov yaqinida to`rtta kuchli portlash sodir bo`ldi. Euronews' buni qayd etmoqda.
Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, besh kishi jabrlangan, halok bo`lganlar yo`q. Ukrainaning turli burchaklaridan qochqinlar to`planadigan turar-joylar zarar ko`rmagan, ammo infratuzilma ob`ektlari shikastlangan. Snaryadlardan biri neft omboriga tushgani aytiladi, yoqilg`i-moylash materiallari ombori vayron bo`lgan.
Hudud ma`muriyati rahbari Maksim Koziskiy odamlarni uylarini tark etmaslikka, ijtimoiy tarmoqlarda insonlarga yomon ta`sir qiluvchi surat va videolarni tarqatmaslikka chaqirdi.






