AsosiyJamiyat

"Qor, yomg`ir va hatto 25 darajagacha issiq..." Bu hafta qaerda qanday ob-havo bo`lishi ma`lum qilindi

'"Qor, yomg`ir va hatto 25 darajagacha issiq..." Bu hafta qaerda qanday ob-havo bo`lishi ma`lum qilindi'ning rasmi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati joriy hafta uchun kutilayotgan ob-havo ma`lumotini e`lon qildi. Unga ko`ra, bugun hududlarning katta qismida quruq va nisbatan iliq ob-havo bo`lishi kutilmoqda. Kunduz kuni havo 15-17° iliqgacha, janubda 20-22° iliqgacha isiydi. Faqat respublikaning shimoliy hududlariga Volga bo`yi hududlaridan sovuq antisiklon kirib kelishi boshlanadi. Qoraqalpog`istonda va Xorazm viloyatida ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, shamol tezligi 18-23 m/s gacha kuchayadi.

Bugun kechga tomon va ertaga antisiklon kirib kelishi O`zbekistonning barcha hududlariga tarqaladi. Respublika hududlari bo`yicha (shimol va chekka janubdan tashqari) ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`adi, tog` oldi va tog`li hududlarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi, ayrim joylarda shamol tezligi 18-23 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Sovuq front o`tishida kunduzi harorat 7-10° gacha pasayadi.

30 martdan 1 aprelgacha O`zbekiston bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, kechasi va ertalab ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. 30 martda havo harorati kechasi 0-3° iliq, ba`zi joylarda 2° sovuqgacha, kunduzi 12-17° iliq atrofida bo`ladi. Hafta oxiriga kelib, kechasi harorat 5-10o iliqgacha ko`tariladi, kunduzi havo 17-22° iliqgacha, janubda 23-25° iliqgacha isiydi.

Tog`li hududlarda qor ko`chishi xavfi saqlanib turadi.

    Boshqa yangiliklar