AsosiyDunyo

Ozarbayjonning birinchi prezidenti Ayaz Mutalibov vafot etdi

'Ozarbayjonning birinchi prezidenti Ayaz Mutalibov vafot etdi'ning rasmi

Ozarbayjonning birinchi prezidenti Ayaz Mutalibov 84 yoshida vafot etdi. Bu haqda Ozarbayjon sosial-demokratik partiyasi raisi Araz Alizodaga tayanib xabar berildi. 

Alizodaning aytishicha, Mutalibov uzoq davom etgan kasallikdan vafot etgan.

Mutalibov 1938 yilda Bokuda tug`ilgan. 1963 yilda Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasiga a`zo bo`lib, sanoat korxonalariga rahbarlik qildi. 1979-1982 yillarda Ozarbayjon SSR mahalliy sanoat vaziri, undan keyin respublika Davlat plan qo`mitasi raisi va Ozarbayjon SSR Vazirlar Kengashi raisining o`rinbosari, keyin esa Vazirlar Kengashi Raisi bo`lgan. 1990 yil may oyida Ozarbayjon SSR Prezidenti etib saylandi. U KPSS Markaziy Qo`mitasi a`zosi, shuningdek, partiya Siyosiy byurosi a`zosi edi.

Sobiq prezident 83 yoshda bo`lib, uzoq vaqtdan buyon kasal edi. 

    Boshqa yangiliklar