“Inson huquqlari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Milliy markazi faoliyatining moddiy-texnika ta`minotini yanada yaxshilash to`g`risida”gi Prezident qarori (PQ–180-son, 25.03.2022 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
Qaror bilan Inson huquqlari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Milliy markazida Inson huquqlari bo`yicha axborot-kutubxona markazi – “Inson huquqlari uyi” tashkil etildi.
Shuningdek, Markazga quyidagi qo`shimcha vazifalar yuklatildi:
➖inson huquqlari sohasida ilmiy-huquqiy bazani tizimlashtirish, o`quv, ilmiy-uslubiy va ommabop nashrlar hamda xalqaro shartnomalarning davlat tilidagi to`plamlari doimiy chop etilishini ta`minlash;
➖inson huquqlarini ta`minlashga oid islohotlarning xronologiyasini yuritish, fuqarolar va ilmiy tadqiqotchilarga inson huquqlari bo`yicha tizimlashgan ilmiy-huquqiy manbalardan foydalanish uchun keng imkoniyatlar yaratish.






