AsosiyDunyo

Erdo`g`on va Putin Rossiya-Ukraina muzokaralarini Istanbulda o`tkazishga kelishib oldi

'Erdo`g`on va Putin Rossiya-Ukraina muzokaralarini Istanbulda o`tkazishga kelishib oldi'ning rasmi

Turkiya va Rossiya prezidentlari Rajab Toyyib Erdo`g`on va Vladimir Putin yakshanba kuni Ukrainadagi voqealar yuzasidan muzokara o`tkazdi, deb xabar bermoqda zamon.uz sayti. 

Shu bilan birga, ikki davlat rahbarlari Rossiya va Ukraina o`rtasidagi navbatdagi muzokaralar joyi Istanbul bo`lishiga kelishib oldi.

Erdo`g`an, shuningdek, Ukrainada o`t ochishni to`xtatishga imkon qadar tezroq erishish zarurligini, Turkiya gumanitar yordam ko`rsatishga tayyorligini bildirgan.

Avvalroq Erdo`g`on Turkiya ham Ukraina, ham Rossiya bilan aloqalarni davom ettirayotgani, uning diplomatiyasining asosiy vazifasi vaziyatni tartibga solishga erishish ekanini aytgan edi.

 

 

    Boshqa yangiliklar