Samarqandda ikki marta sakkiz yoshli qizni zo`rlamoqchi bo`lgan erkak qochib ketgani aytilmoqda. IIB tekshiruv boshladi
Ijtimoiy tarmoqda "Samarqandda ikki marta sakkiz yoshli qizni zo`rlamoqchi bo`lgan erkak qochib ketgani aytilmoqda" sarlavhasi ostida tarqalgan xabarlar tarqaldi. Samarqand viloyati IIB tomonidan mazkur xabar bo`yicha tekshiruv boshlandi, deya ma`lum qildi IIB Matbuot xizmati.
"Xabarning haqiqatga to`g`ri kelishi yoki kelmasligi to`g`risida o`rganishlar natijasiga ko`ra ma`lumot beriladi", - deyiladi xabarda.






