AsosiyJamiyat

Xalqimizga aytgan hamma tashabbuslarimiz bo`yicha qarorlar tez kunlarda qabul qilinadi — Prezident

'Xalqimizga aytgan hamma tashabbuslarimiz bo`yicha qarorlar tez kunlarda qabul qilinadi — Prezident'ning rasmi

Prezident raisligida videoselektor yig`ilishi bo`lib o`tmoqda. Bu haqda Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Birinchi masala - tibbiyot sohasi vakillari bilan ochiq muloqotda berilgan topshiriqlar ijrosini aprel oyida tashkil etish.

Davlatimiz rahbari o`tgan hafta alohida farmoyish imzolanib, 7 ta yo`nalishdagi 50 ta tadbir va ularning har biri uchun mas`ullar belgilanganini ta`kidladi.

“Xalqimizga aytgan hamma tashabbuslarimiz bo`yicha qarorlar tez kunlarda qabul qilinadi.  

Lekin, amaliy ijroni bir kun ham kechiktirib bo`lmaydi.

Shuning uchun, bir oylik amaliy ish tizimiga o`tamiz. Vazir, ixtisoslashgan markaz rahbarlari va hokimlar o`zlarining oyma-oy rejasini ishlab chiqib, amalga oshiradi.

Ushbu rahbarlarning aprel oyi uchun ish rejalari bilan tanishib chiqdim.

Qoraqalpog`iston, Andijon, Surxondaryo hamda Kardiologiya va Xirurgiya markazlari masalaning sal bo`lsayam ichiga kirgan.

Lekin, qolgan markazlarning ham, hududlarning ham ish rejasi “shablon” ko`rinishida. Birortasi tuman darajasida nima ish qilishini oldiga vazifa qilib qo`ymagan”, dedi Prezident.

    Boshqa yangiliklar