Yaqinda internet nashrlarida Toshkent shahrida 23-24 iyun kunlari o`tishi kutilayotgan Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) ga a`zo davlatlar rahbarlarining navbatdagi sammiti davomida Toshkent shahriga fuqarolarning kirib chiqishi cheklanishi haqida ma`lumotlar tarqatilgan edi.
Mazkur xabar noto`g`ri va asossiz ekani ma`lum bo`ldi.
O`zbekiston Respublikasi IIV matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, Toshkentga kirish va chiqish odatdagidek tartibda davom etadi. Faqat tekshiruv tadbirlari kuchaytiriladi. Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, faqat sammit o`tadigan kunlari poytaxtimizdagi ayrim ko`chalardagi qatnov vaqtincha cheklanishi nazarda tutilgan. Avtotransport vositalari qatnovidagi vaqtincha cheklovlar sanasi va vaqti haqidagi ma`lumotlar berib boriladi. Shuningdek, yo`l harakati qoidalarining buzilishi va yo`l-transport hodisalarininig sonini kamaytirish maqsadida poytaxtimizda O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB va YPX bo`linmalari hamkorligida rejali tadbirlar o`tkazish ko`zda tutilgan.





