AQShning 2023 yilgi byudjeti loyihasida Ukrainaga yordam uchun 682 million dollar ajratilishi ko`zda tutilgan. Bu haqda Ria Novosti xabar bermoqda.
“Byudjetdan Ukrainaga 682 million dollar ajratilgan. Bu esa 2021 yildagi bajarilgan darajaga nisbatan 219 million dollarga ko`p”, — deyiladi hujjatda.
Mablag`lar "Rossiyaning zararli ta`siriga qarshi turish" va mamlakatning xavfsizlik, kiberxavfsizlik, energetika, dezinformasiyaga qarshi kurashish, makroiqtisodiy barqarorlik, fuqarolik jamiyati asoslarini mustahkamlash sohasidagi ehtiyojlarini qoplash uchun mo`ljallangan.






