Iroq Kurdistoni yaqin kelajakda Turkiya va Evropaga tabiiy gaz eksport qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda mintaqaviy hukumat rahbari Masrur Barzaniy ma`lum qildi.
“Biz yaqin kelajakda Iroqning qolgan qismiga, shuningdek, Turkiya va Evropaga gazning aniq eksportchisiga aylanamiz hamda ularga energiya xavfsizligi ehtiyojlarini qondirishda yordam beramiz”, deb aytgan Barzaniy.
Iroq Kurdistoni hamkorlar bilan tuzilgan neft va gaz shartnomalariga sodiq qoladi hamda mintaqadagi boshqa mamlakatlarga yordam berishga tayyor.
“Ishonchim komilki, Kurdiston tez orada dunyoning energiya ehtiyojlarini qondirishning muhim manbaiga aylanadi”. Agar Bag`doddagi hamkorlarimiz biz bilan ishlashga tayyor bo`lsa, endi Kurdistonda Evropadagi neft tanqisligining hech bo`lmaganda bir qismini to`ldirish imkoniyati bor”, — dedi u.






