Evrokomissiya 2027 yilgacha Rossiya energetika resurslaridan xalos bo`lishni niyat qilmoqda, bu rejalar Evropa Ittifoqi mamlakatlari rahbarlari tomonidan ma`qullangan. Bu haqda Evropa Ittifoqi matbuot kotibi Tim Makfi ma`lum qilgan.
"Biz 2027 yilga borib Rossiyaning qazib olinadigan yoqilg`idan butunlay mustaqil bo`lishni istaymiz. 2022 yilning oxirigacha (Rossiya gaziga) talabimizni uchdan ikkiga qisqartirishga umid qilamiz. Bu biz o`z oldimizga qo`ygan va ma`qullagan maqsaddir. Evropa Kengashiga a`zo mamlakatlar o`tgan haftadagi yig`ilishida buni qilishga va`da berdik", - deydi u.






