Joriy yil oxirigacha tabiiy resurslarga bo`lgan talabni uchdan ikki qismga kamaytirish reja qilingani aytiladi,
Evroittifoq 2027 yilgacha Rossiyaning energetika resurslaridan xalos bo`lishni niyat qilmoqda. Bu rejalar Evropa Ittifoqi mamlakatlari rahbarlari tomonidan ma`qullangan, deya yozmoqda Zamon.uz' nashri.
"Biz 2027 yilga borib, Rossiya yoqilg`isidan butunlay mustaqil bo`lishni istaymiz. Joriy yil oxirigacha Rossiya gaziga talabimizni uchdan ikkiga qisqartirishga umid qilamiz. Bu biz o`z oldimizga qo`ygan va ma`qullagan maqsaddir", deya ma`lumot bergan Ittifoq matbuot kotibi.
Ma`lumotlarga ko`ra, ushbu rejalar taxminan ikki hafta oldin e`lon qilingan “RePower” hujjatida bayon etilgan bo`lib, unda 2027 yilgacha Rossiya energiya resurslariga qaramlikni tugatish maqsadi ko`rsatilgan.






