AsosiyJamiyat

"Dunyo yanada odil bo`lishi mumkin" — Rejep Tayyip Erdog`anning mashhur kitobi o`zbek tilida chop etildi

'"Dunyo yanada odil bo`lishi mumkin" — Rejep Tayyip Erdog`anning mashhur kitobi o`zbek tilida chop etildi'ning rasmi

Turkiya Prezidentining ushbu kitobi birinchi marta Shavkat Mirziyoevning Turkiyaga rasmiy tashrifi oldidan o`zbek tiliga tarjima qilinib, cheklangan miqdorda chop etilgan edi.

Xabar berilishicha, "Yangi asr avlodi" nashriyoti kitobni ko`p nusxada nashr qildi, endi o`zbek kitobxonlari ham mazkur kitobni ona tilimizda o`qish imkoniga ega bo`ldi.

Erdog`anning mazkur kitobida dunyo bo`ylab kuzatilayotgan adolatsizlik, migrasiya inqirozi, xalqaro terrorizm, islomofobiya, siyosiy munofiqlik kabi illatlar xususida so`z yuritiladi. Asarda «Bugun insoniyat uchun eng zarur qadriyat bu — adolatdir» degan g`oya ilgari suriladi.

Kitobni filologiya fanlari doktori, professor Ma`rufjon Yo`ldoshev, filologiya fanlari nomzodi, dosent Abdumurod Tilavov tarjima qilgan.

    Boshqa yangiliklar