O'zgidromet ma'lumotiga ko'ra, bugun respublika hududlarida qisman beqaror ob-havo kuzatiladi. Kundning ayrim vaqtlarida qisqa muddatli yomg'ir yog'ishi mumkin.
Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi ehtimol. Ayrim hududlarda chang-to'zonlar kuzatilishi mumkin.
Tog' oldi va tog'li hududlarda yomg'ir yog'ib, ayrim vaqtlarda kuchli bo'lishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi xavfi bor.
Bugun kunduzi havo harorati 30–35 daraja atrofida bo'ladi. Toshkent shahrida kechga tomon qisqa muddatli yomg'ir va momaqaldiroq bo'lishi mumkin. Harorat 33–35 daraja bo'ladi.






