AsosiyDunyo

Putin Makronga gaz masalasida shart qo`ydi

'Putin Makronga gaz masalasida shart qo`ydi'ning rasmi

Kecha ikki davlat rahbari o`rtasida  telefon orqali muloqot bo`lib o`tdi.

Suhbat davomida Ukraina atrofidagi vaziyat rivojlanishining dolzarb jihatlari bo`yicha fikr almashilgan va gumanitar masalalarga alohida e`tibor qaratilgan, deya yozmoqda Zamon.uz' nashri.

Ta`kidlanishicha, Putin tinch aholining xavfsiz evakuasiya qilinishini ta`minlash yuzasidan Rossiya harbiylari tomonidan ko`rilayotgan chora-tadbirlar haqida batafsil ma`lumot bergan.

Shuningdek, muloqotda Rossiya gazini Evropa mamlakatlariga etkazib berish masalasiga ham to`xtalib o`tilgan.

“Rossiyadan Evropa Ittifoqi mamlakatlariga tabiiy gaz etkazib berish uchun to`lovni rus rublida o`tkazish to`g`risidagi qaror bilan bog`liq masalalar ko`rib chiqildi”,- deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Qayd etilishicha, bu qaror aloqalar uzaytirilishi sharti bilan amalga oshiriladi.

    Boshqa yangiliklar