Endilikda tergov jarayonida shaxs qadr-qimmati kamsitilsa, unga etkazilgan zararni davlat to`lab beradi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O`RQ–761-son, 29.03.2022 y.) bilan Fuqarolik kodeksiga kiritilgan qo`shimchaga ko`ra, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov, prokuratura organlari va sud tomonidan shaxsga nisbatan har qanday qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g`ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo`llash natijasida etkazilgan zarar davlat tomonidan to`la hajmda qoplab beriladi.






