“Korporativ boshqaruv tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi Qonun (O`RQ–760-son, 29.03.2022 y.) Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Fuqarolik kodeksiga kiritilgan o`zgartirishlarga ko`ra unitar korxonada kuzatuv kengashi tashkil etilishi va kengash korxonaning boshqaruv organi bo`lishi mumkinligi belgilandi.
️Davlatning ayrim aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda ishtirok etish huquqini beruvchi “oltin aksiya”ga oid normalar qonunchilikdan chiqarib tashlandi.
Aksiyadorlik jamiyati kuzatuv kengashi a`zolarining vakolati 1 yildan 3 yilga uzaytirildi.
Yuridik shaxslarning ustav fondida kamida 5 foiz ulushga ega bo`lgan ishtirokchilar va aksiyadorlar auditorlik tekshiruvining buyurtmachilari bo`lishi mumkinligi belgilandi. Ilgari 10 foiz edi.






