AsosiyJamiyat

Diqqat! “Oltin qalam-XVI” tanlovi boshlandi!

'Diqqat! “Oltin qalam-XVI” tanlovi boshlandi!'ning rasmi

O`zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi milliy va xalqaro jurnalistikaning yutuqlarini keng ommalashtirish, OAV xodimlarining faol fuqarolik pozisiyasini namoyon etishlari uchun sharoit yaratish, ijodiy faoliyatga yangicha yondashuvlarni qo`llab-quvvatlash hamda milliy jurnalistika rivojiga hissa qo`shish maqsadida Jahon matbuot erkinligi kuniga bag`ishlangan “Oltin qalam – XVI” Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovini e`lon qiladi.

Tanlov – televidenie, radio, bosma nashrlar, internet-jurnalistika va chet ellik jurnalistning O`zbekiston haqidagi eng yaxshi materiali bo`yicha besh yo`nalishda o`tkaziladi.

Tanlovda (2021 yilning 31 martidan 2022 yilning 1 apreligacha)bosma va internet nashrlarda e`lon qilingan, radio va televidenieda efirga uzatilgan materiallar ko`rib chiqiladi.

Tanlovga taqdim etiladigan ijodiy ishlar soni 5 tadan kam bo`lmasligi shart. Materiallar tanlov matbuotda e`lon qilingan kundan boshlab, shu yilning 15 apreligacha qabul qilinadi. Ijodiy ishlarning elektron versiyasi O`zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasining jurnalistlar.uz saytidagi “Oltin qalam-XVI” sahifasiga joylashtiriladi.

Asosiy mukofotlar

1 ta Bosh milliy mukofot!

Televidenie bo`yicha
Eng yaxshi jurnalistik material uchun milliy mukofot (1-, 2-, 3-o`rinlar);

Radio bo`yicha
Eng yaxshi jurnalistik material uchun milliy mukofot (1-,2-,3-o`rinlar);

Bosma nashrlar bo`yicha
Eng yaxshi jurnalistik material uchun milliy mukofot (1-, 2-, 3-o`rinlar);

Internet nashrlar bo`yicha
Eng yaxshi jurnalistik material uchun milliy mukofot (1-, 2-, 3-o`rinlar).

Chet ellik jurnalistning O`zbekiston  haqidagi eng yaxshi materiali uchun – 1 ta birinchi o`rin, 4 ta ikkinchi o`rin TV, radio, bosma va internet nashrlar yo`nalishi bo`yicha.

 Shuningdek, rag`batlantiruvchi mukofotlar.

  • Inson qadrini ulug`lashga bag`ishlangan eng yaxshi materiallari uchun;
  • Oila va mahalla mavzusi eng yaxshi yoritilgan materiallari uchun;
  • O`zbekiston tarixi yoritilgan eng yaxshi materiallari uchun;
  • Eng yaxshi axborot xizmati;
  • Eng yaxshi fotoreportaj.

Bosmava internet materiallari asl yoki ko`chirma nusxada (bosma yoki internet nashrda chop etilgani hamda qog`ozda qisqacha mazmuni bayoni) va ularning elektron versiyasi taqdim etilishi lozim.

Video materiallar 3 daqiqadan 30 daqiqagacha bo`lishi va flesh karta (tashqi xotira qurilmasi) imkon qadar rangli formatda, annotasiyasi (qog`ozda qisqacha mazmuni bayoni) bilan birga taqdim etilishi kerak.

Audio materiallar esa 5 daqiqadan 30 daqiqagacha bo`lishi va audio materiallar flesh karta (tashqi xotira qurilmasi) da, annotasiyasi (qog`ozda qisqacha mazmuni bayoni) bilan birga taqdim etilishi lozim.

Materiallarga quyidagi ma`lumotlar ilova qilinishi shart.
Muallifning ismi – sharifi, pasport nusxasi, ish faoliyati haqida qisqacha ma`lumot (ob`ektivka), manzili va aloqa uchun telefon raqami.

Tahririyatlar uchun esa Bosh muharrirning ismi-sharifi, tahririyat manzili va ro`yxatdan o`tganligi to`g`risida guvohnoma nusxasi.

Tanlovga taqdim etilgan materiallar qaytarilmaydi.

Tantanali taqdirlash marosimi 2022 yil 3 may – Jahon matbuot erkinligi kuni o`tkaziladi.

Ijodiy ishlar “Oltin qalam” tanloviga deb ko`rsatilgan holda quyidagi manzilga yuborilishi lozim: 100129, Toshkent sh., Navoiy ko`chasi 30-uy, 3-qavat 5- va 8- xonalar. O`zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi.
Murojaat uchun telefonlar: 71 -244-64-62, 71-244-37-87, 71- 244-64-61,
Telegram raqam: 99-592-05-48

    Boshqa yangiliklar