Xalq ta`limi vazirligining 2022 yil 28 fevraldagi 70-sonli bo`yrug`iga asosan 2021-2022 o`quv yilida umumta`lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari uchun: ona tili va adabiyot, o`zbek tili/rus tili, matematika, tarix, jismoniy tarbiya va qo`shimcha ravishda o`quvchilarning tanlovi asosida belgilangan fan bo`yicha;
11-sinf bitiruvchilari uchun: ona tili va adabiyot, matematika, chet tili, tarix va va qo`shimcha ravishda o`quvchilarning tanlovi asosida belgilangan fan bo`yicha yakuniy davlat attestasiyasi o`tkazilishi belgilandi.
"Umumta`lim maktablarida ta`lim beriladigan barcha tillarda yakuniy davlat attestasiyalari o`tkaziladigan fanlar bo`yicha namunaviy nazorat materiallari Respublika ta`lim markazi tomonidan tayyorlanib, ta`lim markazining rasmiy saytida e`lon qilinadi", - deyiladi xabarda.






