AsosiyJamiyat

Toshkentda qizlarni aldab yurgan firibgar ushlandi

'Toshkentda qizlarni aldab yurgan firibgar ushlandi'ning rasmi

Toshkent shahrida qizlar hisobiga kun ko`rayotgan firibgar qo`lga olinda.  Bu haqda Poytaxt IIBB xabari asosida Zamon xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishicha, 45 yoshli erkak qizlar bilan uylanmagan yigit sifatida tanishib, ulardan pul va tilla taqinchoqlar olib yurgan. Qizlarning aytishicha, “yigit” ularga turmush qurishni va`da qilgan.

Shuningdek, firibgar maktab o`quvchilari va ularning dugonalariga tegishli tilla taqinchoqlarni aldov yo`li bilan olgan.

Aniqlanishicha, erkak oilali bo`lib, 2 nafar farzandi ham bor.

    Boshqa yangiliklar