AsosiyDunyo

Britaniya Afg`onistonda 374 mln dollar atrofida gumanitar yordam ajratdi

'Britaniya Afg`onistonda 374 mln dollar atrofida gumanitar yordam ajratdi'ning rasmi

Britaniya hukumati Afg`oniston aholisiga qo`shimcha gumanitar yordam ajratdi. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vazirligi ma`lum qildi.

Uning umumiy miqdori 286 million funt (374,5 million dollar)ni tashkil etadi.

"Buyuk Britaniya afg`on xalqini qo`llab-quvvatlash hamda eng muhim mahsulotlar va dori-darmon etkazib berishda boshqalarni ortidan ergashtirmoqda. Ittifoqchi va hamkorlarimiz bilan birga Afg`onistonga yordam berish uchun ko`proq ishlar qilishimiz mumkin", — degan tashqi ishlar vaziri Liz Trass.

BMT ma`lumotlariga ko`ra, hozirda 10 million afg`onistonlik bola gumanitar yordamga muhtoj. London tomonidan ajratilayotgan mablag` BMTning turli tuzilmalari orasida taqsimlanadi va to`g`ridan-to`g`ri "Tolibon" tomonidan tuzilgan hukumatga yo`naltirilmaydi.

    Boshqa yangiliklar