AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoev raisligida videoselektor yig`ilishi boshlandi

'Shavkat Mirziyoev raisligida videoselektor yig`ilishi boshlandi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida makroiqtisodiy barqarorlikni ta`minlash, jahon iqtisodiyotidagi murakkab vaziyatdan kelib chiqib hudud va tarmoqlarni rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish masalalari yuzasidan videoselektor yig`ilishi boshlandi.

“Oyning boshida alohida komissiya tuzib, barcha xavf-xatarlarni hisob-kitob qilganimiz va eng dolzarb yo`nalishlarda o`z vaqtida tezkor choralarni ko`rishni boshlaganimiz o`z natijasini bera boshladi”, dedi davlat rahbari yig`ilish avvalida.

Toshkent tovar-xomashyo birjasida chet el korxonalari bug`doy, un, shakar, o`simlik yog`i kabi mahsulotlarni savdoga qo`yishni boshladi. Bunga, temir yo`lda tashishga ichki tariflar qo`llanilmoqda.

Bu ishlarning davomi sifatida bir hafta muddatda:

- xorijiy yirik ishlab chiqaruvchilar va ulgurji savdo tashkilotlarini Tovar-xom ashyo birjasi savdolariga keng jalb qilish;

- temir yo`l tariflari va tannarxni ichiga kirib, ularni yanada pasaytirish choralarini ko`rish vazifasi qo`yildi.

    Boshqa yangiliklar