Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Jumladan, valyuta bozori va ayirboshlash kursi barqarorlashdi, birjada rubl va yuan bo`yicha savdolar boshlandi.
“Bu borada xalqimizda ortiqcha xavotir yoki bezovtalik bo`lmasligi kerak. Valyuta bozorida keskin tebranishlarning oldini olish uchun zaxiralarimiz etarli”, - dedi Prezident.
Markaziy bankka puxta o`ylangan, og`ir va vazmin valyuta va monetar siyosatni olib borishni davom ettirish topshirildi.
Markaziy bankning viloyatlardagi rahbarlari tadbirkorlar bilan har kuni uchrashib, ularga valyuta bozoridagi vaziyatni, eksport-import hisob-kitoblarini amalga oshirish va yangi kredit mexanizmlarini tushuntirib boradi.
Xalqaro ekspertlar jahon iqtisodiyotidagi hozirgi murakkab vaziyat uzoq davom etishini prognoz qilishmoqda.
Masalan, so`nggi bir oyda jahon bozorlarida bug`doy narxi 36 foizga, shakar xom ashyosi 10 foizga, o`simlik yog`i narxi 2 barobarga oshgan.






