Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ayrim hududlarda shakar narxi asossiz oshgan. Ayniqsa Jizzax, Samarqand viloyatlari va Toshkent shahrida mavjud zaxiralar o`z vaqtida tarqatilmagani sababli, shakar narxi keskin oshgan.
“Savol tug`iladi. Ushbu hududlarning hokimlari va prokurorlari qayoqqa qaragan?”, dedi Prezident.
Shuning uchun viloyat, shahar va tuman hokimlari har kuni o`z hududidagi oziq-ovqat, ayniqsa un, shakar va yog`ning narxini joylarda yurib o`rganadi va barqarorlikni ta`minlash uchun tezkor tadbirlarni ko`rib boradi.
Ayniqsa kirib kelayotgan Ramazon oyida narxlarning barqarorligini ta`minlash uchun tadbirkorlarga amaliy yordam ko`rsatib, naxrlarni arzonlashtirish bu ulug` ayyom kunlarida katta savob ekanligini barcha tadbirkorlarga tushuntirishlari kerakligi ko`rsatib o`tildi.
Respublikaga chetdan bug`doy, o`simlik yog`i va shakarni olib kelish bo`yicha barcha masalalar hal qilib berilgani, endi buni aql bilan samarali tashkil etish kerakligi ta`kidlandi.