AsosiyJamiyat

Uch kun muddatda shakar, un, yog`, go`sht, choy, bolalar ovqatlari, sut mahsulotlari kabi oziq-ovqat mahsulotlari importiga aksiz solig`i va bojxona bojlarini qayta ko`rib chiqish bo`yicha asoslangan taklif kiritsin — Prezident

'Uch kun muddatda shakar, un, yog`, go`sht, choy, bolalar ovqatlari, sut mahsulotlari kabi oziq-ovqat mahsulotlari importiga aksiz solig`i va bojxona bojlarini qayta ko`rib chiqish bo`yicha asoslangan taklif kiritsin — Prezident'ning rasmi

Shavkat Mirziyoev yig`ilish  davomida, ko`rsatilgan tezkor amaliy yordam sababli bozorlarda go`sht, sut, kartoshka, tuxum, guruch narxlari barqarorligi saqlanmoqdali haqida alohida to`xtalib o`tdi, deya xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

  “Demak, harakat qilsak, albatta natija bo`ladi”, qo`shimcha qilgan davlat rahbari.

Davlat rahbari Respublika shtabiga quyidagilarni topshirdi:

- zarur oziq-ovqat mahsulotlari importi uchun avval berilgan 500 milliard so`m imtiyozli resurslarning qaytarish muddati yil yakuniga qadar uzaytirilsin;

- bir hafta muddatda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi barcha tadbirkorlar bilan uchrashib, ularning yuzaga kelgan muammolarini kundalik hal etish tizimi joriy etilsin;

- birja savdolarida oziq-ovqat va xom ashyoning to`liq qo`yilishi ustidan kunlik nazorat o`rnatsin va sun`iy ravishda narx oshishining oldini olish bo`yicha tezkor choralarni ko`rib borsin;

- uch kun muddatda shakar, un, yog`, go`sht, choy, bolalar ovqatlari, sut mahsulotlari kabi oziq-ovqat mahsulotlari importiga aksiz solig`i va bojxona bojlarini qayta ko`rib chiqish bo`yicha asoslangan taklif kiritsin.

    Boshqa yangiliklar