AsosiyJamiyat

Davlat rahbari hokimlarni qattiq ogohlantirdi

'Davlat rahbari hokimlarni qattiq ogohlantirdi'ning rasmi

Prezident matbuot xizmati xabar berishicha davlat rahbari raisligidagi yig`ilish davom etmoqda. 

“Bironta hokim va tarmoq rahbarining ish o`rinlarini kamaytirishga, bandlik rejalarini bajarmaslikka haqqi yo`q.

Agar qaysi hokim bu ishlarni qilmasa, unga nisbatan qat`iy choralar ko`riladi”, deya ogohlantirdi Prezident.

Tashqi xavf-xatarlarni yumshatish maqsadida tadbirkorlarni qo`shimcha qo`llab-quvvatlash choralari belgilab olindi.

Jumladan:

- banklar tomonidan tadbirkorlarga xom ashyo sotib olish va aylanma mablag`lar uchun qo`shimcha 10 trillion so`m “revolver” kreditlar ajratiladi. Ushbu mablag`lar birinchi galda eksportchilar, oziq-ovqat va iste`mol tovarlari ishlab chiqaruvchilarga ajratiladi;

- davlat dasturlari doirasida meva-sabzavot etishtirishga, oilaviy tadbirkorlik, ipoteka va ta`limga ajratiladigan kreditlar hajmi va imtiyozli stavkalari saqlab qolinadi.

“Qanchalik og`ir bo`lmasin, ajratiladigan mablag`larni kamaytirmaymiz va yukini oshirmaymiz”, dedi Prezident.

Shuningdek:

- soliq ma`murchiligi doirasida ombordagi tovarlarning hisobini, va kodlarini majburiy yuritish, mulklar hamda ijara shartnomalarini elektron ro`yxatdan o`tkazish kabi yangi mexanizmlar bo`yicha jarima va boshqa ta`sir choralari yil yakuniga qadar qo`llanilmaydi;

- o`z ehtiyojlari uchun olib kelingan xom ashyo, asbob-uskuna, ehtiyot qismlarga bojxona imtiyozlarini qo`llash davri hozirgi 6 oydan 1 yilgacha uzaytiriladi;

- yil yakuniga qadar Rossiya, Ukraina va Belarus bilan ishlayotgan korxonalarga debitor qarzdorligi uchun jarima qo`llanilmaydi;

- ushbu mamlakatlar bilan ishlayotgan eksportchilarning bank kreditlari bo`yicha qarzdorligi uzaytiriladi, penya va jarimalar undirilmaydi.

    Boshqa yangiliklar