AsosiyJamiyat

Davlat rahbarining qat`iy siyosiy irodasi tufayli mamlakatda bolalar mehnati va majburiy mehnatni yo`q qilish sohasida aniq natijalarga erishildi

'Davlat rahbarining qat`iy siyosiy irodasi tufayli mamlakatda bolalar mehnati va majburiy mehnatni yo`q qilish sohasida aniq natijalarga erishildi'ning rasmi

 

“O`zbekistonda munosib mehnatni ilgari surish: insonga yo`naltirilgan yondashuv” mavzusida xalqaro konferensiya bo`lib o`tdi. 

Tadbir mehnat tamoyillarini takomillashtirish jarayonlarida xalqaro hamjamiyatning sa`y-harakatlarini birlashtirish yangi taklif va g`oyalarni ishlab chiqishga qaratildi.

Ushbu xalqaro tadbirda Oliy Majlis Senati Raisi, Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish Milliy komissiyasi raisi T.Narbaeva, Xalqaro mehnat tashkiloti Bosh direktori G.Rayder, uning o`rinbosari X.Koller, BMT, ETTB, Evropa ittifoqi va qator xalqaro tashkilotlardan 100 ga yaqin mutaxassislar va ekspertlar, xorijiy vakolatxona rahbarlari, shuningdek Oliy Majlis palatalari, mutasaddi vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etdi.

Oliy Majlis Senati Raisi T.Narbaeva so`zga chiqib, mamlakatimizda so`nggi yillarda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoev boshchiligida barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar, mehnat munosabatlaridagi sezilarli o`zgarishlar, xalqaro standartlarni joriy etish bo`yicha olib borilayotgan ishlar haqida gapirdi.

– Mana necha yildirki, jahon hamjamiyati O`zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni kuzatmoqda. O`zbekiston 2017-2021-yillarda mamlakatni rivojlantirish bo`yicha strategiyani amalga oshirish doirasida salmoqli natijalarga erishdi, – dedi Tanzila Nabaeva. – 2017–2021 yillarda O`zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish doirasida davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini isloh qilishga qaratilgan 300 ga yaqin qonunlar, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 4 mingdan ortiq farmon va qarorlari qabul qilindi.

Davlatimiz rahbarining qat`iy siyosiy irodasi tufayli mamlakatda bolalar mehnati va majburiy mehnatni yo`q qilish sohasida aniq natijalarga erishildi.

2021 yilning sentyabr oyida Xalqaro mehnat tashkiloti bilan hamkorlikda O`zbekistonda munosib mehnat bo`yicha yangi mamlakat dasturi qabul qilindi. Mazkur dasturning qabul qilinishi O`zbekiston va Xalqaro mehnat tashkiloti o`rtasidagi amaliy hamkorlikni rivojlantirishda yangi bosqich bo`lib, o`zaro ishonchli muloqotni mustahkamlash uchun mustahkam zamin yaratdi.

O`zbekistonda munosib mehnat tamoyillarini amaliyotga tatbiq etishda Xalqaro mehnat tashkiloti bilan samarali hamkorlik o`rnatilgan, majburiy mehnatga qarshi kurash va mehnat huquqlariga rioya etilishi monitoring qilinadi. Xalqaro mehnat tashkiloti Bosh direktori G.Rayderning ta`kidlashicha, mamlakatimizdagi munosib mehnat bo`yicha 2021-2025 yillarga mo`ljallangan yangi dastur BMTning barqaror rivojlanish maqsadlari sohasidagi hamkorlik dasturiga to`liq mos keladi. O`zbekiston bu dasturni qabul qilgan birinchi mamlakat hisoblanadi.

Tadbirda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, O`zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi, Ish beruvchilar Konfederasiyasi, Moliya vazirligi hamda qator xalqaro tashkilotlar va diplomatik korpus vakillarining fikrlari eshitildi.

 

              Manzura BEKJONOVA

    Boshqa yangiliklar