AsosiyJamiyat

Prezident yig`ilishida Hozirgi kunga qadar qiymati 9 milliard dollar bo`lgan 105 ta loyiha doirasida jalb etilgan mablag`lar ishlatilmasdan turgani yoki cho`zilayotgani ko`rsatib o`tildi

'Prezident yig`ilishida Hozirgi kunga qadar qiymati 9 milliard dollar bo`lgan 105 ta loyiha doirasida jalb etilgan mablag`lar ishlatilmasdan turgani yoki cho`zilayotgani ko`rsatib o`tildi'ning rasmi

Prezident matbuot xizmati xabar berishicha davlat rahbari raisligidagi yig`ilish davom etmoqda

“Yana bir muhim masalaga e`tiboringizni qaratmoqchiman. Xalqaro moliya bozoridagi hozirgi nobarqaror vaziyatda chetdan mablag` jalb qilish nihoyatda qiyin bo`ladi. Bunday sharoitda o`zimizda bor resurslardan samarali va to`liq foydalanish shart”, dedi Prezident.

Hozirgi kunga qadar qiymati 9 milliard dollar bo`lgan 105 ta loyiha doirasida jalb etilgan mablag`lar ishlatilmasdan turgani yoki cho`zilayotgani ko`rsatib o`tildi.

Bir oy muddatda har bir loyihani o`rganib, ularni jadallashtirish topshirildi. Bunda, samarasiz va istiqbolsiz loyihalarni tugatish bo`yicha takliflar tayyorlanadi.

    Boshqa yangiliklar