AsosiyDunyo

Bryus Uillis kasallik tufayli kinoni tark etdi

'Bryus Uillis kasallik tufayli kinoni tark etdi'ning rasmi

Amerikalik aktyor Bryus Uillis nutq buzilishiga olib keladigan afaziya kasalligi tufayli faoliyatini yakunlamoqda. Bu haqda aktyorning qizi ma`lum qildi. 

"Bizning sevimli Bryusning sog`lig`i bilan bog`liq muammolar bor edi. Yaqinda uning kognitiv qobiliyatiga ta`sir qiluvchi afaziya tashxisi qo`yildi. Bryus o`zi uchun muhim bo`lgan karerasidan voz kechdi", deb yozgan Rumer Uillis.  

Ma`lumot uchun, Afaziya - bu miya shikastlanishi natijasida yuzaga keladigan nutq buzilishi. Afaziya natijasida gapirish, tushunish, o`qish va yozish qobiliyati yo`qolishi mumkin. 

    Boshqa yangiliklar