Ular login va parollarni, shuningdek, kredit karta ma`lumotlarini o`g`irlashga uringani aytilmoqda.
Google'ga tayanib Zamon.uz' nashrining xabar qilishicha, Rossiyadagi “Coldriver” yoki “Callisto” nomi bilan tanilgan xakerlar guruhi Sharqiy Evropaning bir qancha mamlakatlaridagi NATO o`quv markazlari va harbiy tashkilotlarga hujum qilgan.
Kiberhujumlar “Google”ning tahdidlar bo`yicha razvedka bo`limi (TAG) tomonidan aniqlangan.
“TAG birinchi marta bir necha Sharqiy Evropa davlatlari harbiy ma`muriyatiga, shuningdek, NATOning malaka oshirish markaziga qaratilgan kiberhujumni qayd etdi”, — deyiladi xabarda.
Kompaniya xakerlar hujumi muvaffaqiyatli bo`lgan yoki bo`lmaganini haqida ma`lumot bermagan.






