AsosiyDunyo

Istanbuldagi Ayo Sofiya masjidida bu yil sakson yildan ortiq vaqtdan beri birinchi marta Ramazonning tarovih namozi o`qiladi

'Istanbuldagi Ayo Sofiya masjidida bu yil sakson yildan ortiq vaqtdan beri birinchi marta Ramazonning tarovih namozi o`qiladi'ning rasmi

Istanbuldagi Ayo Sofiya masjidida bu yil sakson yildan ortiq vaqtdan beri birinchi marta Ramazonning tarovih namozi o`qiladi. Bu haqda azon.uz xabar bermoqda.

2020 yil 24 iyul kuni namozga ochilgan masjidda ilk tarovih namozi 1 aprel, juma kuni o`qiladi, deyiladi xabarda.

Masjidda Ramazon oyi sharafiga bir qancha tadbirlar ham o`tkaziladi. Musulmonlar uchun muqaddas oyda peshin namozidan oldin taniqli din olimlari, musulmon huquqshunoslari ma`ruzalar o`qiydilar. Pandemiya boshlanganidan beri ikki yil davomida masjidlar COVID-19 ning oldini olish chora-tadbirlari doirasida tarovih namozi uchun yopilgan edi.

    Boshqa yangiliklar