Birozdan so`ng Prezident Shavkat Mirziyoev huzurida yoshlar o`rtasida ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari yuzasidan yig`ilish boshlanadi. Bu haqda davlat rahbarining Matbuot kotibi xabar bermoqda.
Ta`kidlanishicha, yig`ilishda aholi o`rtasida jismoniy tarbiyani ommalashtirish, mahallalarda sport infratuzilmasini rivojlantirish, yoshlarni sport tadbirlari bilan qamrab olish masalalari muhokama qilinadi.
Davlatimiz rahbarining ish rejasida uch kunlik tashrif bilan O`zbekistonda bo`lib turgan Ozarbayjon Parlamenti raisi Sohiba Gafarova bilan uchrashuv ham rejalashtirilgan.
Uchrashuvda ko`p qirrali O`zbekiston-Ozarbayjon hamkorligining dolzarb masalalari ko`rib chiqiladi. Qo`shma iqtisodiy loyihalar va gumanitar dasturlarni qo`llab-quvvatlash maqsadida faol parlamentlararo hamkorlikka alohida e`tibor qaratiladi.






